5 yildan buyon — 100+ loyiha

Biz sahifa yuritmaymiz. Mijoz olib keladigan tizim quramiz.

Ijtimoiy tarmoqlar, professional video, reklama, brending va sayt — bitta jamoa, bitta reja. Har oy raqam bilan hisobot beramiz, reja bajarilmasa javobgarlik bizda.

5+ yilbozorda faoliyat
100+yakunlangan loyiha
20hozir parallel loyiha
30mutaxassis jamoada
Muammo

Nega ko'p bizneslarda SMM pul keltirmaydi?

Sahifa yuritiladi, video chiqadi, pul ketadi — lekin kassada o'zgarish yo'q. Sabab deyarli doim shu to'rttadan biri.

01

Chiroyli, lekin sotmaydi

Videolar ko'riladi, layk bosiladi, ammo hech kim "narxi qancha?" deb yozmaydi. Kontentda sotuv maqsadi yo'q.

02

Ariza keladi — sotuv yo'q

Reklama ariza olib keladi, lekin qo'ng'iroq kech qilinadi, sotuvchi nima deyishni bilmaydi, arizalar yo'qolib ketadi.

03

Har oy boshqa odam

Videograf alohida, dizayner alohida, reklamachi alohida. Hech kim butun natija uchun javob bermaydi.

04

Raqam yo'q — his bor

Qancha pul ketdi, nechta mijoz keldi, bitta mijoz necha pulga tushdi — hech kim bilmaydi.

Mezosfera bu to'rttasini bitta tizimda yopadi.

Kontent sotish uchun rejalanadi, reklama shu videoni kerakli odamga yetkazadi, har bir ariza sotuvchigacha kuzatiladi va oy oxirida hammasi raqam bilan ko'rsatiladi.

Xizmatlar

Brendingiz uchun kerak bo'lgan hamma narsa — bir joyda

Videograf, montajchi, dizayner, reklamachi — har birini alohida izlab, alohida boshqarishingiz shart emas. Hammasini bitta jamoa qiladi va natija uchun javob beradi. Quyida — har biri aniq nimadan iborat.

🎬01

Video production

Sahifangizdagi har bir video — kino sifatida olinadi.

  • Professional kamera (Sony) va almashtiriladigan obyektivlar — orqa fon chiroyli xira, mahsulot aniq ko'rinadi
  • Studiya yoritgichlari — qorong'i do'konda ham rang tabiiy, yuz yorug'
  • Simsiz mikrofon — ko'chada ham ovoz toza, shovqin yo'q
  • Kuchli kompyuterda montaj: rangni to'g'rilash, ovozni tozalash, musiqa, yozuv (titr), effektlar
  • Telefon syomkasi — tez, "jonli" videolar uchun: trend, kun lavhasi, stories
  • Har video oldindan yozilgan ssenariy bilan — tasodifiy emas
Sizga nima beradi: Sahifangiz yirik brendlarnikidek ko'rinadi. Odam birinchi soniyada "bu jiddiy kompaniya" deb ishonadi.
📱02

Sahifa yuritish (SMM)

Instagram, Telegram va Facebook — har kuni, rejaga ko'ra, siz aralashmasangiz ham.

  • Oy boshida kontent reja: qaysi kuni qaysi video — siz oldindan ko'rib tasdiqlaysiz
  • Har kuni stories: yangi mahsulot, narx, aksiya, mijoz fikri
  • Har bir video uchun chiroyli muqova — sahifa bir uslubda, tartibli
  • Izoh va xabarlarga tez javob — har savol bergan odam bo'lajak xaridor
  • Oy oxirida oddiy tilda hisobot: necha kishi ko'rdi, nechtasi yozdi, nima o'zgardi
Sizga nima beradi: Sahifangiz "tirik" turadi, odamlar sizni har kuni ko'radi va kerak bo'lganda birinchi sizga yozadi.
🎯03

Reklama va arizalar (Performance)

Videolaringizni aynan sizning xaridoringizga yetkazamiz — yoshi, shahri, qiziqishi bo'yicha.

  • Instagram va Facebook'da pullik reklamani sozlash va har kuni kuzatish
  • Reklamadan ariza formasi: odam ismi va telefonini qoldiradi — sizga darhol keladi
  • Bitta ariza va bitta xaridor necha pulga tushayotganini hisoblab boramiz
  • Ishlamagan reklama o'chiriladi, ishlagani kuchaytiriladi — pul behuda ketmaydi
  • Bir marta qiziqqan, lekin olmagan odamga qayta ko'rsatish
Sizga nima beradi: Telefoningizga har kuni yangi qo'ng'iroq va arizalar keladi. Har so'm qayerga ketgani ko'rinib turadi.
🎨04

Brending va dizayn

Biznesingizning "yuzi" — birinchi ko'rishda esda qoladigan qilib.

  • Logo, ranglar, shrift — hammasi bir uslubda
  • Qadoq, ishchi kiyim, beydjik, vizitka
  • Banner, bilbord, vitrina yozuvi
  • Post, karusel va reklama rasmlari
Sizga nima beradi: Raqobatchilar orasida ajralib turasiz, mijoz sizni uzoqdan taniydi — Marjon uchun 100+ dizayn shunday qilingan.
🌐05

Sayt va landing

Internetdagi do'koningiz — 24 soat ishlaydi, dam olmaydi.

  • Telefonda tez ochiladigan chiroyli sahifa
  • Ariza formasi — har bir murojaat to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga tushadi
  • Narxlar, natijalar, mijoz fikrlari — bir joyda
  • Reklamadan kelgan odam aynan shu yerda qaror qiladi
Sizga nima beradi: Kechasi ham ariza qabul qilinadi. Reklamaga ketgan pul yaxshiroq natija beradi.
💼06

Sotuv va marketing maslahati

Reklama odam olib keladi — sotuv esa ichkarida bo'ladi. Uni ham ko'rib chiqamiz.

  • Sotuvchi telefonda nima deyishi kerak — tayyor matn (skript)
  • Taklifni "olmasa bo'lmaydigan" qilish: aksiya, bonus, kafolat
  • Raqobatchilar nima qilyapti va qayerda bo'sh joy bor
  • Ochilish, aksiya, blogerlar bilan ishlash, tadbirlar
Sizga nima beradi: Kelgan odam yo'qolib ketmaydi — xaridorga aylanadi.
🎙 Podkast va intervyu yozuvi🤖 AI video▶️ YouTube kanal🎉 Ochilish va aksiyalar📣 Blogerlar🧭 Operatsion yo'l xaritasi
Kontent qanday ishlaydi

Har oy 12 ta video — uch xil vazifa bilan

Faqat "sotib oling" degan video odamni 2–3 haftada charchatadi. Faqat trend — ko'rish ko'p, sotuv yo'q. Shuning uchun videolar aralash rejalanadi: sotadi, tarqaladi, ishonch quradi.

6

Sotuv videolari

Mahsulot, narx, afzallik, aksiya va aniq chaqiriq: "hoziroq yozing".

Beradi: direktga yozish, qo'ng'iroq, buyurtma
2

Trend

Tarmoqdagi format va audio biznesingizga moslanadi.

Beradi: reklamasiz yangi auditoriya
4

Yashirin reklama

Foydali maslahat, sahna ortidan, mijoz hikoyasi — mahsulot tabiiy ko'rinadi.

Beradi: ishonch. Odam reklama ko'rayotganini sezmaydi

Bitta video g'oyadan tayyor holatgacha

G'oya→Ssenariy→Syomka→Montaj→Muqova→Post matni→Joylash

Har video oldindan yozilgan ssenariy bilan olinadi: birinchi 3 soniyada nima deyiladi, qaysi kadr, qanday yakunlanadi. Siz faqat tasdiqlaysiz. 12 ta video — oyiga 15–20 ish kuni faqat videoga.

Ko'rinmaydigan, lekin har kuni qilinadigan ish

Izoh va direktHar savolga tez javob — har izoh potensial mijoz.
Post matni va heshtegHar video ostidagi yozuv sotuvga va qidiruvda topilishga moslab yoziladi.
Trendlarni kuzatishHozir qaysi video va musiqa ommaviy — har kuni ko'rib, sizga moslaymiz.
Raqobatchi kuzatuviUlar nima qilyapti, qayerda bo'sh joy bor.
Keyslar

Raqamlar — ishimizning eng yaxshi izohi

Mijozlarimiz hisobotlaridan olingan haqiqiy natijalar. Har birining ortida reja, ssenariy va oylik tahlil turibdi.

Fayzli XonadonlarKo'chmas mulk
≈5,2 mlrd

so'mlik uy sotuvi — Fayzli Xonadonlar

Hozir kuniga 250–300 ta ariza, bittasi $0,36 gacha arzonladi. 500 ta arizadan 12–13 ta xonadon sotildi.

BIM HouseQurilish
$0,37

bitta ariza narxi — BIM House

16-iyuldan 11-avgustgacha 248 ta ariza. Mijoz: "Arizalardan muammo yo'q, juda yaxshi arizalar." Arizalardan uy sotuvlari boshlandi.

ARBUTa'lim
3 350 ariza

5 kunda — ARBU universiteti

14–18 iyun: 3 350 ta ariza tushdi, bittasi ~$0,6 dan. Qabul mavsumida kuniga 700–1 000 tagacha.

Obi Zam ZamTibbiyot
1 097 041

ko'rish bitta videoda — Obi Zam Zam Med

Shu video profilga 17 589 obunachi olib keldi. Reklamasiz, kontent kuchi bilan.

Z-OneElektronika
970 856

ko'rish bitta videoda — Z-One

Avgust oyidagi viral video. Oylik ko'rishlar 1,15 mln ga yetdi, ER 6,1%.

BIM HouseQurilish
~550 000

ko'rish va 15 000 izoh — BIM House

Bitta videodan 7 224 obunachi. Izohlar — tayyor xaridorlar ro'yxati.

ARBUTa'lim
+30 000

obunachi 3 oyda — ARBU universiteti

Trendlarsiz, faqat o'z kontenti bilan. Oyiga 8,4 mln ko'rish.

Obi Zam ZamTibbiyot
+17 589

obunachi bitta videodan — Obi Zam Zam

Profil 32,4 ming obunachiga yetdi. Bitta to'g'ri g'oya oylik natijani ortda qoldirdi.

Sifat MebelMebel
10 000+

jonli obunachi — Sifat Mebel

Biznesga aloqasiz viral yo'q — hammasi mebel kontenti. Bitta videoda 98 503 ko'rish, 219 obunachi.

Kreativlar

Biz qilgan kreativlar

Har videoning o'z vazifasi bor: sotuv, tanitish, ishonch yoki faollik. Hammasi real mijoz sahifasida chiqqan — bosing, shu yerning o'zida o'ynaydi.

Mijozlar

Bizga ishonch bildirgan brendlar

5 yilda 100 dan ortiq brend bilan ishladik. Ko'pchiligi biz bilan bir yildan ortiq qoladi.

● Hozir birga ishlayapmiz

ARBU universiteti
Fayzli Xonadonlar
Kia Qarshi Servis
Knauf · Mirhayat
BIM House
Sulton Saroy
Marjon
Z-One
Zivvo
Sifat Mebel
Ulugbek School
Radjaboff
Ssmart
Avtosnab
Barhayot Residence
Qashqadaryo teatri
Orzu-Geniy
OWA
Santorini
ARBU universiteti
Fayzli Xonadonlar
Kia Qarshi Servis
Knauf · Mirhayat
BIM House
Sulton Saroy
Marjon
Z-One
Zivvo
Sifat Mebel
Ulugbek School
Radjaboff
Ssmart
Avtosnab
Barhayot Residence
Qashqadaryo teatri
Orzu-Geniy
OWA
Santorini

Avval ishlaganmiz

Registon
Obi Zam Zam Med
Oydin
Pandora
Grand Sarbon
Qashqadaryo Avtotexxizmat
Solarbox
Ecovolt
New York
Medsister
Gym X
Asus Game Club
Sarbon Billiard
Malbero
Shunchaki
Lunara
Osman
Dubai
Elegant
Registon
Obi Zam Zam Med
Oydin
Pandora
Grand Sarbon
Qashqadaryo Avtotexxizmat
Solarbox
Ecovolt
New York
Medsister
Gym X
Asus Game Club
Sarbon Billiard
Malbero
Shunchaki
Lunara
Osman
Dubai
Elegant

va yana 60+ brend — restoranlar, klinikalar, o'quv markazlari, do'konlar va qurilish kompaniyalari

Jarayon

Oy qanday o'tadi

Strategiya

Xaridoringiz kim, raqobatchilar nima qilyapti, taklifingiz qanchalik kuchli — o'rganamiz. Oylik reja tuzamiz, siz tasdiqlaysiz.

Ssenariy va syomka

Har video oldindan yozilgan ssenariy bilan: boshida nima deyiladi, qaysi kadr, qanday tugaydi. Til va odamlar — mahalliy, sizning xaridoringizga yaqin.

Joylash va reklama

Montaj, muqova, post matni, har kuni stories. Reklama eng ko'p sotayotgan videoga qo'yiladi.

Hisobot

Har hafta 2–3 gapda nima qilinganini yozamiz. Oy oxirida raqamlar bilan hisobot va keyingi oy rejasi.

O'zingiz shtat yig'sangiz

SMM-menejer (sahifani boshqaradi)7 mln
Videograf5 mln
Montajor4 mln
Dizayner4 mln
Targetolog (reklamani sozlaydi)5 mln
Loyiha menejeri10 mln
Oyiga35 mln so'm + soliq, texnika
MEZOSFERA'DA SHU JAMOA
15 mln

Tayyor jamoa: sahifa boshqaruvchisi, videograf, montajchi, dizayner, reklamachi va loyiha menejeri. CEO va COO shaxsan nazoratda. Texnika, o'qitish va boshqaruv — bizning zimmamizda.

Kafolat: reja 80% dan kam bajarilsa — oy narxidan 30% chegirma

Oylik kontent reja shartnomaga yoziladi. Birinchi oyda natija ko'rinmasa, strategiya bepul qayta ko'rib chiqiladi.

Natija qachon

Birinchi kundan oxirgi raqamgacha — aniq yo'l

1–2 hafta

Sahifa jonlanadi

Birinchi videolar chiqadi, stories har kuni, reklama ishga tushadi.

1-oy

Poydevor

Uslub, auditoriya va qaysi kontent ishlashi aniq bo'ladi.

2–3 oy

Barqaror oqim

Sinovlar natija beradi, murojaatlar har kuni kelib turadi.

4–6 oy

O'sish

Bitta mijoz narxi pasayadi, sotuv o'sadi, brend tanila boshlaydi.

Bepul bonuslar

Paket ichida pulsiz beriladigan narsalar

Reklama mijoz olib keladi, lekin sotuv ichkarida bo'ladi. Shuning uchun biznes tomonini ham ko'rib chiqamiz — alohida pul olmaymiz.

📅
Kontent kalendaribepulOy boshida nima, qachon chiqishini ko'rasiz va tasdiqlaysiz.
📞
Sotuv skriptibepulSotuvchi qo'ng'iroq va direktda nima deyishi kerak.
🎯
Taklifni kuchaytirishbepulTaklifingizni "olmasa bo'lmaydigan" darajaga keltiramiz.
💲
Narx strategiyasibepulNarxingiz raqobatchilarga nisbatan qayerda turibdi.
📋
Arizalarni ro'yxatga olishbepulKelgan murojaat yo'qolmasligi uchun oddiy tizim.
🔍
Ichki tekshiruvbepulMijoz yo'lida "teshik" bormi: javob tezligi, xizmat, manzil.
🗓
Haftalik progressbepulHar hafta 2–3 gapda: nima qilindi, natija, keyingi qadam.
🔁
1-oy moslashuv kafolatibepulNatija ko'rinmasa, strategiya bepul qayta ko'rib chiqiladi.
🏆
Natijalar hikoyasibepulErishgan natijalaringizni investor va hamkorga ko'rsatsa bo'ladigan chiroyli hujjat qilib beramiz.
Narxlar

Ochiq narx. Yashirin to'lov yo'q.

Nima kirsa — yozilgan, nima kirmasa — ham yozilgan. Reklama byudjeti va brend-feys alohida, oldindan kelishiladi.

Boshlang'ich

SMM Start

8 mln so'm / oy
  • 5 ta qisqa video (Reels) + 1 ta sun'iy intellekt videosi
  • 2 ta rasmli post (karusel), 8 ta video muqovasi
  • 30+ stories — kunlik qisqa e'lonlar
  • Oy oxirida oddiy tilda hisobot
  • Oy boshida alohida reja
  • YouTube uchun video
Tanlash
Kengaytirilgan

SMM Plus

11 mln so'm / oy
  • 9 ta qisqa video (Reels) + 1 ta sun'iy intellekt videosi
  • 2 ta rasmli post (karusel), 10 ta video muqovasi
  • 45+ stories — kunlik qisqa e'lonlar
  • Oy boshida reja + oy oxirida hisobot
  • YouTube uchun video
Tanlash
TavsiyaTo'liq

SMM Pro

15 mln so'm / oy
  • 12 ta qisqa video: 6 tasi sotadi, 2 tasi trend, 4 tasi yashirin reklama
  • 1 ta sun'iy intellekt videosi + 1 ta YouTube uchun uzun video
  • 2 ta rasmli post (karusel), 12 ta video muqovasi
  • 60+ stories — har kuni kamida 2 ta e'lon
  • Reja, reklamani sozlash va arizalarni yig'ish
  • CEO va COO shaxsan nazoratda
Tanlash
Reklama

Performance marketing

$1 000 / oy
  • Har oy hisob: reklamaga ketgan pul nechta ariza va xaridor olib keldi
  • Odamni ariza qoldirishga undaydigan taklif (bepul konsultatsiya, sovg'a, chegirma)
  • Reklama aynan kerakli odamga, qiziqqanlarga esa qayta ko'rsatiladi
  • Har hafta 2 xil reklama solishtiriladi — yaxshisi qoladi
Tanlash
Eng foydali

SMM Pro + Performance

25 mln so'm / oy · alohida 27 mln

Kontent sotish uchun olinadi, reklama uni kerakli odamga yetkazadi. Bitta jamoa, bitta reja, bitta hisobot — 2 mln so'm tejaysiz.

Tanlash

Qo'shimcha xizmatlar

Qo'shimcha video (telefon)ssenariy, syomka, montaj
$30
Qo'shimcha video (professional kamera)studiya sifatida
$50
Video + brend-feystelefon / kamera
$45 / $65 dan
Brend-feys (har video)aktyor yoki mutaxassis
$15 dan
Dizayn: post, banner, rasmishga qarab
$10 dan
Brending va rebrendinglogo, rang, shrift, qadoq, kiyim
$300 dan
Landing va saytarizalar Telegramga
kelishiladi
Podkast / intervyu yozuvisyomka va montaj bilan
kelishiladi
Aksiya yoki ochilishni tashkil qilishmexanika, kontent, reklama
$200 dan
Ariza yig'adigan reklamabyudjet alohida
$100 dan
Sotuv marketingaksiya, ariza → sotuvgacha nazorat
$700 / oy
Brend marketingpozitsiyalash, SWOT, strategiya
$1 500 / oy
Event, PR va blogerlarbloger to'lovi alohida
$500 / oy

Dollar narxlar to'lov kunidagi kurs bo'yicha so'mda hisoblanadi. To'lov: 50% ish boshlanishidan oldin, 50% 15 kun o'tgach.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Reklama byudjeti narxga kiradimi?

Yo'q. Instagram va Facebook'ga reklama uchun to'lanadigan pulni o'zingiz to'laysiz — biz har so'm qayerga ketgani va nechta ariza olib kelganini hisobotda ko'rsatamiz.

Natija qachon ko'rinadi?

1–2 haftada sahifa jonlanadi va reklama ishlay boshlaydi. 2–3 oyda arizalar har kuni kelib turadi, 4–6 oyda bitta xaridorni topish arzonlashadi.

Videoda kim gapiradi (brend-feys)?

O'zingiz, xodimingiz yoki bizning bazamizdagi tajribali aktyor — biznesingizga qarab tanlaymiz. Odamlar yuzga ishonadi, shuning uchun bu juda muhim.

Shartnoma bormi?

Ha. Oylik reja, muddatlar va kafolat (reja 80% dan kam bajarilsa 30% chegirma) shartnomaga yoziladi.

Faqat Qarshida ishlaysizmi?

Jamoa Qarshida, lekin O'zbekiston bo'ylab bizneslar bilan ishlaymiz.

Aloqa

Loyihangizni muhokama qilaylik

Birinchi konsultatsiya bepul. 20–30 daqiqada biznesingizga qaysi paket mos va qanday natija kutish mumkinligini aytamiz.

1. Aloqa2. Biznesingiz

Sizga mos yechimni oldindan tayyorlab kelishimiz uchun 6 ta qisqa savol. Ma'lumotlar maxfiy qoladi.

Faoliyat turi
Kimga sotasiz?
Biznesingiz necha yildan beri ishlaydi?
Xodimlar soni
Oylik aylanma (taxminan)
Marketingga oyiga qancha ajratishga tayyorsiz?
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi ✅ Mutaxassisimiz 1 ish kuni ichida bog'lanadi.
Konsultatsiya📞 Qo'ng'iroq